Hurmatli foydalanuvchi!

Sizga Universitet rektoriga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qoʻymoqchimiz.

Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni soʻraymiz:

1. Jismoniy shaxs sifatida murojaat yoʻllasangiz, familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan boʻlishi shart. Yuridik shaxs sifatida murojaat yoʻllasangiz, yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon qilinishi talab etiladi.

2. Alohida eʼtibor bering! Tuhmat, haqorat soʻzlar ishlatilgan va yolgʻon xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.

3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib oʻtmoqchimiz:

  • odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiqsiz takliflar va shunga oʻxshash murojaatlar);
  • murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud boʻlgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar boʻlmagan murojaatlar

4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala boʻyicha javob berilgan murojaati qayta yuborilganda, agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan boʻlsa, koʻrib chiqilmaydi. Mazkur shartlarning barchasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.